Главная » 2021 » Февраль » 23 » Qarindoshi Yelizaveta II ning yuzini yerga qaratdi
23:23

Qarindoshi Yelizaveta II ning yuzini yerga qaratdi


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nevara jiyani Saymon Bouz-Layon zo‘rlashga uringani uchun 10 oyga qamoqqa tashlandi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yil fevral oyida ingliz zodagoni qasrida mehmonlar bo‘lishgan. Kechasi Saymon Bouz-Layon uxlab yotgan qizning xonasiga bostirib kirib, uning kiyimlarini yulib olishga uringan. Mehmon unga qarshilik ko‘rsatolgan, grafni eshikdan itarib yuborib, do‘stlarini yordamga chaqirgan.

Qirolichaning qarindoshi mast bo‘lib qolganligini aytib, jabrlanuvchidan kechirim so‘radi. Sud jarayonida grafning o‘zi ham buni kutmaganligini ma’lum qildi.

«Biroq men haqiqatga tik boqib, sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olishim kerak», — deya qo‘shimcha qildi Bouz-Layon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan yil davomida professional yordam olgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yelizaveta II, yerga qaratdi, yuzini | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя