Главная » 2021 » Апрель » 14 » Qarshi davlat universiteti talabasi o‘z joniga qasd qildi
11:10

Qarshi davlat universiteti talabasi o‘z joniga qasd qildi


Bosh prokuratura matbuot xizmati platforma.uz telegram kanalida «Talaba nega o‘z joniga qasd qildi?» sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unda Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib qo‘yganligi haqida bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 2021 yil 27 fevral kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan o‘tolmaganligi va uning imtihondan o‘tishi  uchun  o‘qituvchi katta miqdorda pora talab qilganligi ko‘rsatilgan va aynan shu holat marhumning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan degan tahmin ilgari surilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur vajni o‘rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi, deyiladi prokuratura xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: davlat, qarshi, qasd qildi, o‘z joniga, universiteti, talabasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя