Главная » 2020 » Декабрь » 26 » Qarshi shahar XTBning 33 yoshli mas‘uli o‘z joniga qasd qildi
21:39

Qarshi shahar XTBning 33 yoshli mas‘uli o‘z joniga qasd qildi


Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’uli, bo‘limning xodimlar bo‘yicha mansabdori F.R. o‘z joniga qasd qildi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan shahar XTB mudiri Nargiza Samadova ushbu xabarni tasdiqlab, voqea 26-dekabr, shanba kuni sodir bo‘lganini aytdi.

“Menga ham Paxtazor tumanining profilaktika inspektori qo‘ng‘iroq qilib, voqea haqida xabar berdi. Lekin voqea aynan qachon sodir bo‘lganini bilmayman”, — dedi Nargiza Samadova.

Shahar XTB mudiri Nargiza Samadovaning ma’lumot berishicha, voqea xodimning yangi sotib olgan, ammo bitmay qolgan “dom”ida sodir bo‘lgan.

“Eshon shahit” tomondan qurilishi bitmay qolgan uylardan xarid qilgan ekan. Aynan o‘sha yerda o‘zini osib qo‘ygan”, — deydi mas’ul voqea haqida bilganini aytar ekan.

XTB mudirining ma’lumot berishicha, marhum o‘limidan avval ikki kunga ishdan ruxsat so‘ragan.

“Birinchi kuni otamning tobi yo‘q shifoxonaga olib boraman deb ruxsat so‘ragandi. Ikkinchi kuni esa ta’ziya chiqib qolganini aytib, bormasa bo‘lmasligini bildirdi. Shuning uchun ruxsat bergandim”, — deydi XTB mudiri.

Ta’kidlanishicha, bo‘limning 33 yoshli xodimi shahar XTBda 2020-yil 11-martdan buyon faoliyat yuritib kelgan. XTBga ishga tayinlanishidan avval esa DXXda faoliyat yuritgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mas‘uli, XTB, qarshi, o‘z joniga, qasd qildi, Shahar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя