Главная » 2020 » Декабрь » 19 » Qarshida YPX avtomashinasi yondi
17:35

Qarshida YPX avtomashinasi yondi


Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida YPX avtomashinasi yonayotgani holati aks etgan video tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 18-dekabr kuni soat 16:50larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan viloyat hokimligi binosining ro‘parasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.Oymurodov boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisadan transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yondi, avtomashinasi, YPX, Qarshida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя