Главная » 2021 » Март » 15 » Qarzi evaziga 23 yoshli qizni sotib yubordi
20:37

Qarzi evaziga 23 yoshli qizni sotib yubordi


Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro Q.M Navoiy shahrida yashagan 1998-yilda tug‘ilgan M.G‘ni dastlab Toshkent shahrida joylashgan savdo do‘konlarida ishlatishni maqsad qiladi va aldab olib ketadi.

Biroq berilgan va’dalar va’daligicha qolib, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan nafsi hakalak otgan ayol endigina 23 bahorni qarshilagan qizni 2020-yilning oktyabrida Toshkent xalqaro Aeroporti orqali Turkiya davlatiga olib chiqib ketadi. Ayon bo‘lishicha, ayol degan nomga nomunosib Q.M. g‘arazli va past maqsadlarni ko‘zlab, ushbu davlatda mavjud qarzi evaziga uni Turkiya davlatida yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «z» bandi (Jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: evaziga, Qizni, sotib yubordi, qarzi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя