Главная » 2017 » Август » 21 » Qashqadaryo hokimi: Viloyatda 21—22 ming so‘mdan go‘sht bor, o‘rtacha narx 24—26 ming so‘m atrofida (video)
10:07

Qashqadaryo hokimi: Viloyatda 21—22 ming so‘mdan go‘sht bor, o‘rtacha narx 24—26 ming so‘m atrofida (video)


Qashqadaryo viloyati hokimi, senator Zafar Ro‘ziyev Xalqaro press-klubning “Tet-a-tet” loyihasi XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayevning savollariga javob qaytardi.

Suhbat davomida go‘sht narxi mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Zafar Ro‘ziyev bu yo‘nalishda viloyatda tizimli ish olib borilayotgani, xususan, haftaning seshanba va juma kunlari qassoblar bilan ishlash kuni deb belgilanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Qarshi shahridagi to‘rtta nuqtada, shuningdek, viloyatning barcha tumanlari markazlarida 21—22 ming so‘mdan go‘sht sotib olish mumkin. Umuman, viloyat bo‘yicha go‘shtning o‘rtacha narxi 24—26 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Hokimlik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlardan aksariyat qassoblar rozi. “O‘zini bilmagan, o‘zligini unutgan qassoblar ham yo‘q emas. Bunday qassoblarni o‘z hamkasblari orasida uyaltirish prinsipi asosida ish olib boryapmiz”, — dedi Qashqadaryo viloyati hokimi.

Avvalroq Xalqaro press-klubda chiqish qilgan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev viloyatda yil oxirigacha go‘sht narxi 25 ming so‘mdan oshmasligini ma’lum qilgan edi.

 

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bor, so‘mdan go‘sht, narx 24—26 ming so‘m atrofida (vide, Qashqadaryo hokimi: Viloyatda 21—22, o‘rtacha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя