Главная » 2021 » Январь » 4 » Qashqadaryo va Surxondaryoda bulduruq hodisasi kuzatilyapti
21:01

Qashqadaryo va Surxondaryoda bulduruq hodisasi kuzatilyapti


Shu kunlarda Surxondaryoning shimoliy tumanlarida hamda Qashqadaryoning tog‘li hududlarida o‘ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda. Daraxt va simyog‘ochlar oppoq qorga burkangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Bu hodisada tuni bilan hammayoqda qor yog‘ib chiqqanday ko‘rinadi. Aslida, tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi.

Bulduruq qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida kuzatiladi. 

Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari va simyog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.

Bulduruqning sovug‘i juda kuchli bo‘lgani uchun o‘zbek xalqida "Bir bulduruq uch qorga tatiydi" degan maqol bor.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qashqadaryo, bulduruq, Surxondaryoda, hodisasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя