Главная » 2020 » Февраль » 20 » Qashqadaryo viloyat prokuraturasi oldida ayol kishi o‘zini yoqib yubordi
21:50

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi oldida ayol kishi o‘zini yoqib yubordi


Kecha ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlarda Qashqardaryo viloyati prokuraturasi binosi oldida ayol kishi o‘ziga o‘t qo‘yganiga oid xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur xabarga izoh berdi.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, kuyganligi e’tirof etilayotgan fuqaro O.M. va uning oila a’zolari Koson tumanidagi MChJga qarashli yer maydonining bir qismini biron-bir hujjatsiz egallab, noqonuniy qurilish amalga oshirishgan.

Da’vogar MChJ raisi S.B. javobgar O.M.ni oila a’zolari bilan jamiyatga qarashli yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish, noqonuniy qurilmalarni javobgarlar hisobidan buzdirish va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgan.

Fuqaro O.Mustafoyev va uning oila a’zolari sud tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishini kutmasdan ushbu holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga murojaat qilishgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan O.Mustafoyevga nizo fuqarolik suddida mazmunan ko‘rib chiqilayotgani, holat bo‘yicha barcha vajlariga sud muhokamasi jarayonida baho berilishi haqida qonuniy tushuntirishlar berilgan.

Bundan tashqari, 18.02.2020 yilda ham O.Mustafoyev oila a’zolari bilan birga viloyat prokuraturasida Koson tumani hokimi ishtirokida qabul qilinganida qurilishga 20 mln. so‘m sarflanganligi iddao qilingan. Tuman hokimi tomonidan ularga qurilish noqonuniyligi va buzilishini, ammo kelgusida qonuniy yer uchastkasi ajratilishi va qurilishga homiylik yordami ko‘rsatilishi tushuntirilgan bo‘lsada, bu taklifni rad etishgan.

Shundan keyin, O.Mustafoyev va uning oila a’zolari 19 fevral kuni ertalab nizoli uyda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya, ekspert va mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari amalga oshirilayotganligidan norozi bo‘lib, viloyat prokuraturasiga kelishadi. Va ishni o‘z foydasiga hal etish maqsadini ko‘zlab, viloyat prokuraturasi binosi yaqinida ustiga qisman yoqilg‘i sepib, provokatsion harakatlarni sodir etishadi.

RShTYoIM viloyat filialining 19.02.2020 yildagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro O.Mustafoyevning yelka va bo‘yin sohasida 5-6 foizli yengil kuyish jarohati aniqlangan.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя