Главная » 2020 » Январь » 5 » Qashqadaryoda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 16 yoshli bolani pichoqladi
13:28

Qashqadaryoda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 16 yoshli bolani pichoqladi


Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi 16 yoshli o‘quvchini pichoqlab, yaralagan. Bu haqda Telegram’dagi Muxbir.uz kanali xabar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2019-yil 4-yanvar kuni soat 12:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.

— 2006-yilda tug‘ilgan va ayni kunda Toshkent shahrida yashovchi A.B. tumandagi maktablarning birida o‘quvchi 2003-yilda tug‘ilgan o‘quvchi N.M. ni pichoqlab qo‘ygan, — deydi manba. Hozirda jarohatlangan o‘quvchining ahvoli yaxshi.

Aytilishicha, 13 yoshli o‘quvchi 16 yoshli o‘quvchi bilan tortishib qolib, yonidagi pichoqni o‘quvchining orqa chap biqiniga urib, o‘pkasini shikastlagan.

Ushbu holat yuzasidan hozirda tegrov-surishtiruv jarayonlari ketmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя