Главная » 2020 » Июль » 7 » Qashqadaryoda er telefonda boshqa erkak bilan gaplashgan xotinini urib, o‘ldirib qo‘ydi
09:07

Qashqadaryoda er telefonda boshqa erkak bilan gaplashgan xotinini urib, o‘ldirib qo‘ydi


Qashqadaryoda er telefonda boshqa erkak bilan gaplashgan xotinini urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Dehqonobod tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarovga tayanib "Everyday.uz" ma'lum qildi.

Xabar qilinishcha, voqea 3 iyul kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni erkakning 39 yoshli xotini boshqa erkak bilan telefonda gaplashib turganini eshitib, uni rashk qilib, uning chap ko‘zi va orqa qismiga tan jarohati yetkazgan.

Ayol shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Tuman IIB boshlig‘ining ma’lum qilishicha, hodisa sodir bo‘lishidan bir kun avval ham ular janjallashishgan. Bunga loqaydlik bilan qaragan profiliaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan.

Holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak qamoqqa olingan.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xotinini urib, o‘ldirib qo‘ydi, gaplashgan, boshqa erkak bilan, er, telefonda, Qashqadaryoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя