Главная » 2020 » Май » 1 » Qashqadaryoda koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi
12:33

Qashqadaryoda koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi


Qashqadaryo viloyatida so‘nggi bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Sog‘aygan bemor (erkak) 36 yoshda bo‘lib, Chiroqchi tumanidan. U koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lib, ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning a’zolaridir. Bemorlarning barchasi Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1134 nafarga yetdi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2046 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chalingan barcha bemorlar, Qashqadaryoda, sog‘aydi, koronavirusga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя