Главная » 2020 » Апрель » 28 » Qashqadaryoda qaynsingil kelinoyisini o‘ldirib, uning 9 oylik chaqalog‘iga ham pichoq urdi
20:59

Qashqadaryoda qaynsingil kelinoyisini o‘ldirib, uning 9 oylik chaqalog‘iga ham pichoq urdi


Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida kelin va qaynsingil o‘rtasidagi uzoq yillik nizo qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda “Postda.uz” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tumandagi “Toshli” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.D. turmush o‘rtog‘i bilan 11 nafar farzandni voyaga yetkazgan. Biroq farzandlari orasida ikki qizining baxti ochilmay, uyda o‘tirib qolgan. Shu sababli qizlardan biri Sh. va qo‘shni uyda yashovchi akasining xotini M.Q. o‘rtasida doim kelishmovchilik kelib chiqqan.

Kelin va qaynsingil o‘rtasidagi uzoq yillik nizo 20-aprel, dushanba kuni, yana qo‘zg‘algan. Shu kuni, taxminan, soat 09:00 larda ular janjallashib qolgan. Oqibatda jahlini jilovlay olmagan Sh. o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘ini yangasining qorin va ko‘kragiga bir necha marotaba sanchib, uni qasddan o‘ldirgan.

Bundan tashqari, Sh. kelinoyisining 9 oylik go‘dagining qorniga ham ikki marta pichoq sanchgan, bolaning egnidagi kiyimlari qalinlik qilib, chaqaloqqa ziyon yetmagan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qaynsingil, kelinoyisini o‘ldirib, Qashqadaryoda, pichoq urdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя