Главная » 2020 » Май » 11 » Qashqadaryoda qotillik. 19 yashar yigit o‘z shishadoshini urib o‘ldirdi
12:43

Qashqadaryoda qotillik. 19 yashar yigit o‘z shishadoshini urib o‘ldirdi


Joriy yilning 6 may kuni, soat 18:30 da Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida qotillik yuz berdi. Ichkilik – ana shu jinoyatga undagan sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu kuni Koson tumanida yashovchi fuqaro 19 yoshli U.D. “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida aravakashlik bilan shug‘ullanuvchi, Qamashi tumanida yashovchi tanishi, 47 yoshli A.X. bilan ko‘rishib qoladi. Ular Qarshi tumani, “Saroy” qishlog‘i, Saroy ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan bino oldi tomonidagi maydonida spirtli ichimlik iste’mol qilishadi. 

Mastlik ta’sirida A.X. tanishi U.D. uyatli so‘zlar bilan haqorat qila boshlaydi. Yigit esa bunga javoban A.X. ning jag‘, yuz va bo‘yin sohalariga ayovsiz musht tushiradi va unga tan jarohatlari yetkazadi.

Oqibatda A.X. og‘ir tan jarohati olishi natijasida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etadi.

“Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelishiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qotillik, urib o‘ldirdi, Qashqadaryoda, shishadoshini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя