Главная » 2020 » Май » 13 » Qashqadaryoda qovun pishdi
18:55

Qashqadaryoda qovun pishdi


Qashqadaryo viloyati O‘tamayli hududida qovun pishdi. Bu bugun, 13 may kuni haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

“Vohada may oyining boshida tarvuz pishgan bo‘lsa, endilikda qovun ham pishdi. Ayni kunda ta’mi tilyorar va xaridorgir qovunlar tumanning O‘tamayli hududida yetishtirilmoqda. Pishib me’yoriga kelganlari peshma-pesh iste’molchilarga yetkazilmoqda“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, birinchi hosilni O‘tamaylilik tomorqa egasi Buriyev Rufat yetishtirgan. Aytilishicha, dehqon 3 yildan beri qovun yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi.

“Oilamizga tegishli tomorqaning har bir qarich yeridan unumli foydalanamiz. Uch yildan beri qovun yetishtirish sirlarini o‘zlashtirmoqdaman. Yildan-yilga ekin maydonini kengaytirib, mahsulot yetishtirish hajmini oshiryapmiz. Kelgusidagi maqsadimiz chetga qovun eksportini yo‘lga qo‘yish. Bu yil tomorqamizga ertapishar qovunning “Dakara” navini ekkanmiz, hosil ko‘rganingizdek may oyining boshida tayyor bo‘ldi’, deydi hosil egasi Buriyev Rufat.

Usta dehqonlarning bildirishicha, tumanda yilning fevral oyidanoq qovun parvarishiga kirishiladi. Bunda asosan “Jiyan”, “Torpedo”, “Aeroport” kabi eksport talabiga javob beradigan navlar tanlanadi.

Ma’lum qilinishicha, avvaliga urug‘lar maxsus idishlarga ekilib, issiqxona sharoitida o‘stirib olinadi. Bo‘yi me’yoriga yetgan ko‘chatlar keng maydonga plyonka ostiga ekib chiqiladi. Kunlar isishi bilan palaklar baravj rivojlanishi uchun nihollar usti ochiladi. Bu usulni qo‘llash orqali erta hosil olish imkoniyati oshadi.

Avvalroq, Qashqadaryoda tarvuz pishgani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qashqadaryoda, Qovun, pishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя