Главная » 2020 » Январь » 23 » Qashqadaryoda seyfdan sodir etilgan o‘g‘irlik fosh qilindi, o‘g‘rilar aniqlandi
20:55

Qashqadaryoda seyfdan sodir etilgan o‘g‘irlik fosh qilindi, o‘g‘rilar aniqlandi


2020 yil 14 yanvardan 15 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Paxtachi mahallasida yashovchi 60 yoshli I.N.ning uyiga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ichida 1.120 AQSh dollari va 57.500.000 so‘m miqdorida naqd pullari hamda uyining kadastr hujjatlari bo‘lgan temir seyfni yashirin ravishda qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida, 26 yoshli K.F. va 24 yoshli N.T. sodir etganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan pullarning bir qismi va temir seyf ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

K.F. va N.T. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan, K.F. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя