Главная » 2020 » Май » 8 » Qashqadaryoda tarvuz pishdi
16:16

Qashqadaryoda tarvuz pishdi


Joriy yilning may oyi o‘rtalariga kelib Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tarvuz pishdi. Ushbu poliz mahsulotini yetishtiruvchi dehqonlarning rejasiga ko‘ra, bu yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qilinadi. Bu haqda Chiroqchi tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 ming gektardan ortiq maydonga ekilgan ertapishar tarvuz 10 maydan boshlab sotuvga chiqadi. Ayni damda 385 ta fermer xo‘jaligi va 591 ta tomorqa egalari 14 ming gektar maydonda tarvuz yetishtirmoqda. 

Yetishtirilgan tarvuzlar Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina va Belarus kabi 7 ta davlatga eksport qilinadi. 2019 yilda 25 ming tonna tarvuz eksport qilingan bo‘lsa, joriy yil 100 ming tonna tarvuz sotish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar va eksportiyorlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Respublikaning turli viloyatlaridan Chiroqchiga kelgan eksportiyorlar tumanda yetishtirilgan tarvuz-qovun va poliz ekini mahsulotlarini dunyo bozorlariga olib chiqish haqida aytib o‘tildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tarvuz pishdi, Qashqadaryoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя