Главная » 2020 » Апрель » 4 » Qashqadaryoda uch kishi hojatxona qaziyotganda halok bo‘ldi
11:46

Qashqadaryoda uch kishi hojatxona qaziyotganda halok bo‘ldi


Kecha, 3 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga 16 yoshli X.H. o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

Unga “Zaharli gazdan o‘tkir zaharlanish o‘ta og‘ir darajasi. O‘tkir toksemiya davri. O‘pka shishi. Aspiratsion sindrom. O‘tkir nafas yetishmasligi. O‘tkir yurak va qon tomir yetishmasligi. Toksik koma” tashxisi qo‘yildi. Zudlik bilan standart bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, bemorga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bemor yashaydigan xonadondagilar eski hojatxona yonidan yangi chuqur kovlashayotgan paytda o‘rtadagi devor yorilib ketishi natijasida X.H.ning otasi, 48 yoshli Q.E., onasi, 44 yoshli B.O. va va opasi, 20 yoshli X.D. voqea joyida vafot etishgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя