Главная » 2020 » Ноябрь » 5 » Qashqadaryoda yigit amakisining qizini olib qochib, nikohga majburladi
12:25

Qashqadaryoda yigit amakisining qizini olib qochib, nikohga majburladi


Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yigit onasi bilan amakisining qizining olib qochib, uni turmush qurishga majburladi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Mirishkor tumanidagi “Obod” MFYda yashovchi 18 yoshli X.A. IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda keltirilishicha, shu yilning 4 oktyabr kuni opasi bilan o‘zlari yashaydigan mahallada joylashgan savdo do‘koniga borish uchun uydan chiqishgan. Opa-singil ko‘chada ketayotganida amakisining o‘g‘li X.A. Nexia avtomashinasida onasi bilan keli, X.A.ni ko‘chada avtomashinaga majburlab mindirib, tumanning Cho‘lquvar qishlog‘iga olib ketgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, X.A. amakisining qizini o‘ziga turmushga chiqishga majbur qilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozir tergov harakatlari olib borilyapti.

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda ham bir guruh fuqarolar qiz bolani olib qochgani va turmush qurishga majburlagani xabar qilingandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: amakisining, olib qochib, Qashqadaryoda, nikohga, qizini, Yigit, majburladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя