Главная » 2022 » Декабрь » 1 » Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan kelib chiqishi noma’lum 200 kg go‘sht to‘xtatib qolindi
18:20

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan kelib chiqishi noma’lum 200 kg go‘sht to‘xtatib qolindi


Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 200 kg go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIB Ахborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan “Mingchinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan viloyat IIB JXX karantin bo‘linmasi va YPX inspektorlari “Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli avtomashinani to‘xtatib, saloni va yukxonasini ko‘zdan kechrishgan. Natijada kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 200 kg go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligini aniqlangan. Haydovchi Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro P.A. bilan bo‘lgan suhbatda u yer chizishdan nariga o‘tmagan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari sifatini aniqlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi, Mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya laboratoriyasiga topshirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ketilayotgan, to‘xtatib, kelib, kg, Qashqadaryodan, noma’lum, olib, Toshkentga, go‘sht, 200, qolindi, Chiqishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя