Главная » 2021 » Сентябрь » 3 » Qashqadaryolik oila chaqaloqlariga ism qo‘yish uchun prezidentdan ruxsat oldi
09:55

Qashqadaryolik oila chaqaloqlariga ism qo‘yish uchun prezidentdan ruxsat oldi


Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani G‘ozliq mahallasi Qo‘tontepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi.

Bu haqda «Nasafnews» sayti qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarovga asoslanib ma’lum qildi.

Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31-avgust kuni Toshkent shahridagi Perinatal markazda tug‘ilgan.

E’tiborlisi, ularga Prezident Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qo‘yilgan.

Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada Prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chaqaloqlariga, ISM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя