Главная » 2019 » Май » 10 » “Qasoskorlar. Intiho” filmi kassabopligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi
10:16

“Qasoskorlar. Intiho” filmi kassabopligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi



Marvel kompaniyasining “Qasoskorlar. Intiho” filmi kassabopligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Film premyerasi o‘tkazilgan kundan ikki hafta davomida to‘plangan mablag‘lar 2 milliard dollardan oshdi. Mutaxassislarning fikricha, bu ko‘rsatkich yanada ortishi mumkin.

“Qasoskorlar” filmining yakuniy qismi 25-aprel kuni katta ekranlarda namoyish etilgan. Dastlabki uch kundayoq kassaga milliard dollar yig‘ilgan bo‘lib, tarixda kassabopligi jihatidan eng muvaffaqiyatli filmlar qatoridan o‘rin oldi.

Dunyo bo‘yicha namoyish etilgan ushbu film 11 kun davomida 2,189 milliard dollar to‘plab rekord daraja qayd etdi. Hozirda “Qasoskorlar. Intiho” filmi “Avatar” filmidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi. Taqqoslash uchun, Jeyms Kemeronning ushbu filmi 2,788 milliard dollar to‘plagandi.

Toshkentda ushbu film premyerasi AQSh bilan bir hafta, Rossiya bilan Qozog‘istondan bir kunlik farq bilan 29-aprelda o‘tkazilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Qasoskorlar. Intiho | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя