Главная » 2017 » Август » 21 » Qatar Hajga otlangan ziyoratchilar uchun yuborilgan Saudiya samolyotlarini mamlakatga kiritmadi
11:06

Qatar Hajga otlangan ziyoratchilar uchun yuborilgan Saudiya samolyotlarini mamlakatga kiritmadi


Qatar hukumati Saudiya Arabistoni samolyotlarini Doha aeroportiga qo‘nishiga ruxsat bermadi. Samolyotlarning qatarlik musulmonlarni Makka shahriga olib borishi mo‘ljallangandi.

Saudia avikompaniyasi Bosh direktorining ma’lum qilishicha, garchi Qatar tomoniga zarur hujjatlar yuborilgan bo‘lsada, Doha aeroporti ushbu reysni amalga oshirishga ruxsat bermagan.

Ta’kidlash kerakki, yaqin kunlarda Saudiyaning Makka shahrida budun dunyo musulmonlarining muqaddas Haj ziyorati boshlanadi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistoni hukumati ikki o‘rtada siyosiy inqiroz hukm surayotganiga qaramay, Islom dinining ushbu farz amalini bajarish uchun Qatar fuqarolariga mamlakatga kirishga izn bergan va o‘z havo kemalarini ajratishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharq mintaqasida ro‘y bergan siyosiy inqiroz tufayli hozirda Qatar bilan bir qator musulmon o‘lkalari o‘zaro aloqalarni uzib qo‘ygan. Bunga Qatar hukumatining terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlayotganiga oid gumonlar sabab bo‘lgan. Ammo Qatar tomoni ushbu ayblovlarni inkor etib kelmoqda.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yuborilgan Saudiya, samolyotlarini mamlakatga kiritmadi, Hajga otlangan ziyoratchilar uchun, Qatar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя