Главная » 2017 » Июль » 8 » Qay hollarda Coca-cola ichimligi foydali?
18:46

Qay hollarda Coca-cola ichimligi foydali?


Coca-cola. Bu ichimlik ko‘pchilikning jonu dili. Ha, bu ichimlikning zarari haqida deyarli barchamiz ma’lumotga egamiz. Ammo baribir uni ichishda davom etamiz. Ayniqsa, jazirama issiqda. Mutaxassislar har kuni litrlab Coca-cola ichmaslik kerakligini ta’kidlashmoqda. Uni tushlikdan so‘ng ikki qultum ichishgina kifoya qiladi.

Xo‘sh, Coca-cola ichimligi qanday hollarda foydali?

Kola ichimligi ovqatning hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Shu bois, uni ko‘p hollarda go‘sht iste’mol qilgandan so‘ng tanovul qilishadi. Ba’zan esa go‘shtni marinad qilishda ham foydalanishadi.

U me’da shirasi bilan bir xil effekt beradi. PH (power Hidrogen – vodorod kuchi) darajasi kola ichimligida juda past, oshqozonning xlorid kislotasi ham deyarli shunday kislotalik xususiyatiga ega. Bu o‘xshashlik ovqat parchalanishini tezlashtiradi va hazm qilish jarayonini yengilllashtiradi.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Coca-Cola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя