Главная » 2020 » Февраль » 5 » Qayerda koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori?
22:52

Qayerda koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori?


Ofis va ishxonalarda koronavirus yuqtirib olish uchun eng xavfli joy bu, lift ekan. Bu haqda Xitoyda tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurash shtabi boshlig‘i Chjun Nanshan ma’lum qilgan.
Liftlarda ventilyatsiya yaxshi ishlamaydi: kabinalar esa aksariyat hollarda juda tor bo‘ladi. Agar liftda yolg‘iz chiqsam, xavfdan xoli bo‘laman, deb o‘ylaganlar qattiq yanglishadilar. Chunki sizdan avval kimdir yo‘talgan yoki aksirgan bo‘lsa, kabinada zararli virus saqlanib qoladi. 
Koronavirus quruq yuzada yoki havoda ikki sutkagacha tirik yashashi mumkin, nam yuzada esa undan ham ko‘proq umrguzaronlik qilishi ilmiy tasdiqlangan. Shunday ekan, lift tugmachasi ham kasallik tashuvchisi bo‘lishi mumkin.
Xitoylik tibbiyot xodimlari liftga faqat niqobda kirishni va lift tugmachasini ochiq qo‘l bilan bosmaslik lozimligi xususida ogohlantirishmoqda. Bu qisqa muddatli sayrdan so‘ng qo‘llaringizni 20 soniya davomida sovunlab yuvishni ham unutmang

Manba: "xabardor.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя