Главная » 2017 » Август » 21 » Qaynoq xabarlar: Sharof Rashidov haqida yangi kitob taqdimoti o‘tkaziladi. Koreya yarim orolida yana harbiy mashg‘ulot
11:50

Qaynoq xabarlar: Sharof Rashidov haqida yangi kitob taqdimoti o‘tkaziladi. Koreya yarim orolida yana harbiy mashg‘ulot


1. 21 avgust kuni “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tarixchi olim Shuhrat Ergashevning Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “Erk istar ko‘ngil” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Taqdimot poytaxtdagi Milliy matbuot markazida soat 11:00da boshlanishi belgilangan.

2. AQSh va Janubiy Koreya 21 avgustdan boshlab o‘n kunlik harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga kirishadi. “Ulchi – Ozodlik qo‘riqchisi” degan kod bilan nomlangan ushbu harbiy mashg‘ulotlar KXDR hukumati tomonidan o‘ziga nisbatan tahdid sifatida ko‘rilmoqda.

Ushbu harbiy mashg‘ulotlar haqida Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan bo‘lib, unda AQShning 17,5 ming harbiylari ishtirok etadi.

Bundan tashqari ushbu mashg‘ulotlarda Yangi Zelandiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Kanada singari mamlakatlardan ham harbiylar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

3. AQShning Illinoys shtati Chikago shahrida 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan otishmalar oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, yana 33 nafari turli tan jarohatlarini olgan. Bu haqda “Chicago Tribune” nashri xabar berdi.

Nashr bergan ma’lumotlarga qaraganda, otishma 19 avgust kuni mahalliy vaqt bilan tungi soat 02.30 da boshlangan va 13 soat davom etgan. Unga ko‘ra, noma’lum shaxs avtomobildan turib tunggi klub oldida to‘plangan odamlarga qarata quroldan o‘t ochgan.

Jinoyatchi voqea joydan yashiringan bo‘lib, hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

4. Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos Isroil davlati bilan xavfsizlik masalasidagi kelishuvlarni qayta tiklashni maqsad qilganini aytib o‘tgan. U Isroilning “Meres” muxolifat partiyasi yig‘ilishida ishtirok etib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirgan.
Biroq uning aytishicha rasmiy Tel-Aviv bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagan.

Quddusda shu yilning iyul oyi davomida boshlangan to‘qnashuvlar, yuzlab falastinliklarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

5. “SOME KN MON RK” seysmik markazining xabariga ko‘ra Qirg‘iziston Respublikasi hududida 21 avgust kuni soat tungi soat 1.51 da zilzila qayd etilgan. Zilzila kuchi 5 ballni tashkil qilgan bo‘lib, uning markazi 5 kilometr yer ostida joylashgan.
Talofatlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qaynoq xabarlar: Sharof Rashidov, o‘tkaziladi. Koreya yarim orolida y, yangi kitob taqdimoti, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя