Главная » 2017 » Август » 30 » “Qaysarginam 2” filmi avgust oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
17:06

“Qaysarginam 2” filmi avgust oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2” filmi avgust oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Avgust oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Qaysarginam 2” filmidan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Bir o‘pichning bahosi”, “Bebahoginam” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

21-avgust — 27-avgust oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov

2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov

3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov

4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

5-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: haftasida, ko‘p, avgust oyining, to‘rtinchi, tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi b, “Qaysarginam 2” filmi, eng | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя