Главная » 2019 » Декабрь » 26 » Qaysi 5 ta mahsulotni juda arzon narxda sotib olmaslik kerak?
08:33

Qaysi 5 ta mahsulotni juda arzon narxda sotib olmaslik kerak?


Do‘kon va supermarketlarning peshtaxtalarida chegirma aksiyalari tez-tez paydo bo‘lib turadi. Ko‘pchilik tovarlarni 50-70% arzonroq sotib olganidan xursand bo‘ladi. Ammo bu har doim ham foyda keltirmaydi. Ba’zi mahsulotlar, masalan, kosmetika, shaxsiy gigiyena vositalarini doimiy narxda sotib olgan ma’qul. Ko‘pincha, chegirma tovarning yaroqlilik muddati tugagani yoki do‘kon ma’muriyati uni buzilgan deb taxmin qilganini anglatadi.

Nam salfetkalar
Nam salfetkalarni chegirma bilan sotib olishni tavsiya etmaymiz. Ular odatda uzoq vaqt saqlanganidan qurib qolgan bo‘ladi. Quruq bo‘lsa mayliku-ya, ammo bundan ham battari – salfetka to‘yingan losyonning yaroqlilik muddati tugaganligidir. Natijada allergik reaksiya vujudga kelishi mumkin. Foydalanish muddati tugagan yuz uchun (kuchli kuyishlar, allergik reaksiya, qizarish yuz berishi mumkin); intim gigiyena uchun (allergiya, shilliq qavatning shishishini keltirib chiqaradi); chaqaloqlar uchun nam salfetkalar (allergiya, kuyishlarga olib keladi) sotib olish, ayniqsa, xavflidir. O‘ylab qarasangiz, salfetkalar aslida uncha qimmat turmaydi. O‘zingiz yoki farzandingizda noxush oqibatlar yuzaga kelganidan ko‘ra, o‘z narxida sotib olish yaxshiroqdir. 

Kiprik uchun tush 
Yangi tush juda kam hollarda aksiyalarda katta chegirmalar asosida sotiladi. Agar shu tariqa sotilayotgan bo‘lsa, allaqachon yaroqlilik muddati tugaganining ehtimoli katta. Muammolarning eng kichigi – tushning quruq bo‘lishi, durda bo‘laklar hosil bo‘lib qolishi, kipriklarning yopishishi bo‘ladi. Tushni katta chegirmada sotib olmaslik kerakligining ikkinchi sababi – allergik reaksiya xavfi mavjudligida. Tush tarkibida juda ko‘p kimyoviy moddalar (parabenlar, propilenglikol) bo‘ladi, noto‘g‘ri saqlash tufayli vaqt o‘tishi bilan ushbu moddalarning konsentratsiyasi oshishi mumkin. Natijada shilliq pardalar va hatto, ko‘z qovog‘i kuyib qolishi mumkin. Kamida – doimiy qichishish, qizarish, ko‘z yoshlanishiga olib keladi. Tush qanchalik arzon bo‘lsa, yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin saqlashni davom ettirish shuncha xavfli bo‘ladi.

Yogurt

Картинки по запросу Йогурт

Supermarket mahsulotlarning ma’lum bir qismini sotishga ulgurmaganida, ular chegirma peshtaxtasidan o‘rin oladi. Amal qilish muddati tugashidan 2-3 kun oldin narxlar keskin tushadi. Bunday holda, katta miqdordagi tovarlarni sotib olishning hojati yo‘q. Ayniqsa, sut mahsulotlari va yogurtlarni. Tovarlar qanday saqlanganini bilmaysiz. Ehtimol, do‘kon muzlatgichida yogurt to‘plamiga joy bo‘lmagan, shuning uchun tez sotishga harakat qilishayotgandir. Axir, uni tashlab yuborgandan ko‘ra arzonroq narxda sotish yaxshiroq-ku. Sut mahsulotlari maxsus haroratda saqlanishi kerak, agar rejim buzilgan bo‘lsa, ular tez ayniydi, ichida zararli bakteriyalar paydo bo‘ladi. Kamida – oshqozon og‘rig‘i, diareya tejalgan pulning oqibatiga aylanishi mumkin.

Muzlatilgan sabzavot va mevalar

Картинки по запросу Замороженные овощи и фрукты

Muzlatilgan sabzavot va mevalarni chegirma bilan sotib oladigan xaridorlarni yoqimsiz hodisalar kutib turgan bo‘ladi. Muammo ularning ko‘p marotaba muzlatilib, eritilganidan kelib chiqishi mumkin. Meva va sabzavotlar muzlatilganida vitamini va ta’mini yo‘qotadi. Isitilganidan keyin yeyishingiz mumkin (zaharlanmaysiz), ammo ta’mi yoqimsiz bo‘lib qoladi. Bu, ayniqsa, meva va rezavorlarga tegishli bo‘lib, ular metallga xos ta’m oladi. Agar qadoq buzilgan bo‘lsa, ichkarida muz yig‘iladi. Mahsulot keragidan ortiq muzlaydi, bu holatda uni umuman iste’mol qilmagan ma’qul.

Hojatxona qog‘ozi
Hojatxona qog‘ozining buzilishi juda qiyin, ammo buning yo‘li bor. Uzoq vaqt davomida saqlanganda, qog‘oz namiqadi. Qimmatbaho yaxshi qog‘oz ham yumshoq bo‘lib qoladi va tez yirtiladi. Ko‘p namlikni to‘plagan holda, suvda parchalanishi qiyin kichadi. Qog‘oz hojatxona quvuri yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin. Yana bir muammo – hojatxona qog‘ozi uzoq vaqt namiqib, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan mog‘or bilan qoplanishi ham mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя