Главная » 2020 » Май » 27 » Qaysi davlat pandemiyadan omon qolmasligi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
10:57

Qaysi davlat pandemiyadan omon qolmasligi mumkinligi ma’lum bo‘ldi


Yaman mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bardosh berolmasligi mumkin, bu haqda "Planeta novosti" portaliga tayangan holda Sputnik xabar qildi.

Arab respublikasidagi vaziyat mamlakatda ocharchilikni keltirib chiqargan fuqarolar urushi, shuningdek, hokimiyat kerakli miqdorda koronavirusga test-tizimlarini va dori vositalarini sotib olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli jiddiy murakkablashmoqda.

Pandemiyadan oldin yamanliklar Denge bezgagi, malyariya va o‘lat kasalligini boshdan kechirishgan, shu sababli ularning ko‘pchiligining immunitetni zaiflashgan va aholining tahminan 80 foizi chet eldan gumanitar yordamga muhtoj.

Bundan tashqari, mamlakatdagi shifoxonalarning aksariyati yopilgan - Yaman mintaqalarining deyarli to‘rtdan bir qismida tibbiy yordam olish imkoniyati yo‘q, so‘nggi yillarda bolalar orasida emlashlar olib borilmadi.

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi vakili Jan-Nikol Boze koronavirus pandemiyasi Yamanda qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, testlarning yetishmasligi tufayli kasallanganlarning aniq sonini aniqlab bo‘lmaydi - rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha mamlakatda 212 ta COVID-19 bilan kasallanish va 39 ta o‘lim holatlari qayd etildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mumkinligi, Qaysi, OMON, ma’lum bo‘ldi, qolmasligi, davlat, pandemiyadan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя