Главная » 2020 » Август » 30 » Qaysi mahsulotlar immunitetni “o‘ldirishi” ma’lum qilindi
22:23

Qaysi mahsulotlar immunitetni “o‘ldirishi” ma’lum qilindi


Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari immunitetni pasaytirishi mumkin. Bu haqda parhezshunos va dermatokosmetolog Irina Lizun ma'lum qildi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, inson immunitetining asosiy dushmanlaridan biri — shakar va transyog‘lardir.

“Shakarni keragidan ortiq iste’mol qilish mikroflorani o‘zgartirishi mumkin, axir u organizmning immun reaksiyalarini bog‘lab turadi. Transyog‘lar, masalan, mahsulotlarni bitta yog‘da bir necha marta qovurganda, o‘simlik yog‘lari hayvon yog‘iga o‘xshash bir narsaga aylanganida paydo bo‘ladi. Masalan, margarin sariyog‘ga o‘xshaydi. Transyog‘lar yarim tayyor mahsulotlarda ko‘p, ular immunitet funksiyasiga salbiy ta’sir qiladi”, — deya izoh berdi shifokor.

Bundan tashqari, ta’m kuchaytirgichlar, ta’m va rang beruvchilar immunitet tizimi uchun foydasizdir.

“Oziq-ovqat mahsulotidagi rang beruvchining o‘zi salbiy ta’sir ko‘rsatolmaydi. Ammo odam ovqatni doim rang beruvchilar, ta’m beruvchilar bilan iste’mol qilsa, ularning umumiy ta’siri salbiy bo‘lishi mumkin”, — deb ogohlantirdi diyetolog.

Shuningdek, yog‘lar va uglevodlarga boy bir xil taomlar ham immunitet uchun xavflidir.

“Eng katta minus — bu bo‘sh kaloriyali oziq-ovqat. Biz odatiy tabiiy ovqatlarni turli xil ko‘rinishda iste’mol qilsak, o‘z-o‘zidan biz immunitet tizimimiz uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlar, antioksidantlar, moddalarning barcha turlarini olamiz. Agar odamning kunlik taomnomasida faqat kartoshka, makaron, go‘sht va bodring bo‘lsa, avtomatik ravishda vitaminlar, mikroelementlar va antioksidantlar yetishmasligi vujudga keladi. Xuddi shu holat fastfudda ham ro‘y beradi. Har qanday yetishmovchilik immunitet tizimi uchun tahlikali bo‘ladi”, — dedi Lizun.

Xulosa tariqasida, diyetolog taomnomadan fastfud va yarim tayyor mahsulotlarni chiqarib tashlashga chaqirdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Qaysi mahsulotlar, immunitetni, ma’lum qilindi, “o‘ldirishi” | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя