Главная » 2020 » Декабрь » 26 » Qaysi mamlakatlarda dunyo bo‘yicha eng ko‘p videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi
11:27

Qaysi mamlakatlarda dunyo bo‘yicha eng ko‘p videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi


TelecomDaily tahlilchilari bulutli videokuzatuv va videotahlil bozorini o‘rganib chiqib, hisobot e’lon qildi. Unga ko‘ra, dunyoda videokuzatuv kameralari soni bo‘yicha Xitoy, AQSh va Rossiya yetakchilik qilmoqda, deb yozadi Meduza.

Dunyo mamlakatlari ichida eng ko‘p kameralar Xitoyda o‘rnatilgan — 200 million dona, ikkinchi o‘rinda esa AQSh 50 millionta kamera bilan bormoqda. Aholi boshiga kameralar soni bo‘yicha AQSh Xitoyni biroz ortda qoldirmoqda (AQShda har ming kishiga 153 ta, Xitoyda — 144 ta). Rossiyada esa har ming kishiga 93 ta kamera to‘g‘ri keladi.

Rossiyada jami 13,5 millionta kamera o‘rnatilgan. Ularning yarmidan ko‘pi (58,7 foizi) — tijorat tashkilotlari o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun o‘rnatgan kameralardir. 32,8 foiz kamera davlat muassasalariga va shaharlar ko‘chalariga budjet hisobidan qo‘yilgan. Yana 8,5 foizi jismoniy shaxslar tomonidan o‘rnatilgan.

TelecomDaily hisob-kitoblariga ko‘ra, barcha kameralarning ko‘pi bilan 5 foizi bulutli videokuzatuv (bunda videooqim bulutli omborga qayd etiladi)ga ulangan. Bulutli videokuzatuv bozori o‘sib bormoqda: tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil u 28 foizga o‘sib, 48 million dollarga, 2024-yilda esa 86 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Videokuzatuv kameralari soni bo‘yicha ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Germaniya (5,2 million), Yaponiya (5 million), Buyuk Britaniya (5 million), Vyetnam (2,6 million), Fransiya (1,7 million), Janubiy Koreya (1 million), Avstraliya (1 million) egallamoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: videokuzatuv, Dunyo, bo‘yicha, mamlakatlarda, kameralari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя