Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Qaysi mevani yoqtirasiz? shunga qarab, fe’l-atvoringizni aniqlaymiz!
18:16

Qaysi mevani yoqtirasiz? shunga qarab, fe’l-atvoringizni aniqlaymiz!


Qulupnay.

Yoqimtoy, xushmuomilasiz. Hamma bilan birdek til topishasiz. Hasad sizga yot tushuncha. Arzimagan narsalar uchun asabiylashmaslikka harakat qilasiz. Biroq kuyunchak insonsiz.

Shaftoli.

Doim hammaning diqqat markazida turishni istaysiz. Ochiqo‘ngil va haqiqatgo‘y, kechirimlisiz. Juftingiz uchun doim suyuklisiz.

Gilos.

Nazokatli, muloyim va bag‘rikeng. Tuyg‘ularingiz, har bir qilgan ishingiz yurakdan. Hazil-mutoyibani sevasiz, g‘iybatdan esa uzoqroq yuring.

Olma.

G‘ayritabiiylikni yoqtirasiz. Doim birinchilikni intilasiz va buni uddalaysiz. Sizdan zo‘r rahbar chiqadi. Sayohat qilish jonu dilingiz.

Mandarin.

Judayam odoblisiz. Muammolardan qo‘rqasiz. G‘ururingiz sabab o‘z o‘rningizni yo‘qotmaysiz. Atrofingizda yaxshi do‘stu yoronlarinigz ko‘p. Bitta kamchiligingiz, ba’zan jiddiy ish tutmaysiz.

Banan.

Sevimli, yoqimli va jo‘shqin insonsiz. Sizga o‘zingizga bo‘lgan ishonch yetishmaydi, xolos. Hamma narsani uddalaysiz. Ammo o‘zingizdan ko‘nglingiz to‘lmaydi.

O‘rik.

Yolg‘izlikni, xayol surishni yaxshi ko‘rasiz. Faqat yaqin insonlaringizgagina ko‘ngilingizni ochasiz. Ijodkor insonsiz, tuyg‘ularingizni qog‘ozga tushiring.

Apelsin.

Sabrlisiz! Yangilik yaratishni va tezkorlikni istaysiz. Umidsizlikka tez berilasiz, do‘stlaringizdan ham shubhalanasiz. Unutmang, bu sizga yarashmaydi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: fe’l-atvori, meva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя