Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Qaysi pullarda ko‘proq bakteriyalar yashaydi?
20:45

Qaysi pullarda ko‘proq bakteriyalar yashaydi?


Qog‘oz pullar eng notoza narsalardan biri. «Pul qo‘lning kiri» deymiz, albatta boshqa ma’noda. Ammo to‘g‘risiyam shu — pullarda bakteriyalar shunchalik ko‘pki, ularni ishlatgandan keyin qo‘lni yuvish zarar qilmaydi (ayniqsa, bugungi sharoitda). Olimlar qog‘oz pullarda qanaqa bakteriyalar yashashini o'rganishdi. Bu haqda «HuffPost» yozmoqda.

Ekspertlar dollarlik kupyuralarda bakteriyalarning uch mingdan ortiq xilini (!), ovqatdan zaharlanish, pnevmoniya va stafilokokk infeksiyalarini chaqiruvchi mikroorganizmlarni topishdi. Ammo bularning hammasiyam xavfli emas, insonda ularga qarshi immunitet shakllanib ulgurgan.

Filipp Tiyerno (mikrobiolog)ning tushuntirishicha, infeksiyani chaqirishi uchun juda ko‘p miqdordagi bakteriyalarni «yutish» kerak, ular mikroflorani zaiflashtirib, yallig‘lanish jarayonini boshlab beradi. Shunday ekan naqd pul orqali nimanidir yuqtirish xavfi juda yuqori emas.

Qog‘oz pullarda mikroblar tangalarga qaraganda ko‘proq yashashi esa kumush, mis va boshqa metallar mikroblarni o‘ldirish xususiyatlariga egaligi bilan izohlanadi.

Olimlar ta’kidlashlaricha, eng ko‘p bakteriyalar «eski» hamda kundalik hayotda ko‘proq ishlatiluvchi mayda pullarda ko‘proq uchraydi.

Xalqaro vlyutalar orasida mikroblarga boylik bo‘yicha brazil realiga yetadigani yo‘q, ruslar esa ellik rubllik qog‘oz pullarda ko‘proq zararli bakteriyalarni topishgan. Amerikaliklar toksikologlarga ko‘ra esa 1 dollar — «eng kir» pul, bu pullarning deyarli 80 foizida kokain, opiatlar va amfetaminlar topilgan...


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: bakteriyalar, yashaydi, pullarda, ko‘proq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя