Главная » 2020 » Декабрь » 11 » Qaysi viloyatda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma’lum qilindi
20:34

Qaysi viloyatda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma’lum qilindi


Joriy yilning 9 oyi davomida FHDYO organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilish (tirik tug‘ilgan) holati qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilingan. Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya’ni har ming nafar aholiga 28 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng kam, ya’ni har ming nafar aholiga 20 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tug‘ilish, viloyatda | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя