Главная » 2021 » Март » 6 » Qibraydagi ariqdan har kuni qon oqayotgani ma’lum qilindi. U Olmazor tumani markazidagi suzish havzasiga quyiladi
16:15

Qibraydagi ariqdan har kuni qon oqayotgani ma’lum qilindi. U Olmazor tumani markazidagi suzish havzasiga quyiladi


Toshkent viloyati Qibray tumanining “O‘ngqo‘rg‘on” mahallasidagi fermer xo‘jaliklarining o‘rtasidan o‘tgan ariqdan har kuni ikki mahal qon oqadi, deb yozmoqda “Rost24.uz”.

Qayd etilishicha, ariq bo‘yidagi aholi Toshkent shahridan 2 kilometr naridan o‘tgan mazkur ariqda oqadigan qonni har kuni ko‘raverib, deyarli ko‘nikib ketgan. Ular bu qonli ariq bo‘yicha 3 yil mobaynida ko‘p joyga murojaatlar qilgan, ammo ariqdan qon hali ham oqishda davom etmoqda.

Ariq yoqalab, taxminan, 3-4 kilometr yurgandan so‘ng qon quyiladigan yashirin quvur topilgan. Bu quvur, taxminan, 300 metr uzoqlikdagi kushxonadan o‘tkazilgani aniqlangan. Olxo‘ri daraxtlari ekilgan fermer xo‘jaligi yeridan 2 metr chuqurlikdan yashirincha o‘tkazilgan maxsus quvurdan ariqqa quyiladi.

Mazkur kushxona esa “Obod Savdo Biznes” MChJga qarashli mol bozorining ichida joylashgan. Ushbu bozordan xarid qilingan va boshqa joydan olib kelingan mollar shu yerning o‘zida so‘yilib, qoni va axlati yer tagidan o‘tgan quvur orqali ariqqa oqizib yuboriladi.

“Har kun ikki-uch mahal qon oqadigan ushbu ariq Qibray tumanidan o‘tuvchi Qoraqamish kanaliga qo‘shiladi. Bu kanal esa Toshkent shahrining Qoraqamish massividan o‘tib, Olmazor tumanining markazidagi suzish havzasiga quyilar ekan. Ushbu havzaga so‘yilgan mollarning qoni va axlati yetib kelgunicha ko‘rinishini yo‘qotishi mumkindir, ammo tarkibi yo‘qolmaydi. Yoz kunlari aholi cho‘miladigan suvga mazkur qon va axlat qo‘shilishini va oqibatini hech qanday izoh bilan oqlab ham bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu muammoga nafaqat Qibray tuman mutasaddilari, balki Ekologiya qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi kabi bir qancha mutasaddi tashkilotlar e’tibor qilishi lozimligi ta’kidlangan.

“Toshkent viloyati Qibray tumanining ‘O‘ngqo‘rg‘on’ mahallasidan boshlanadigan qonli suvlar poytaxtimizning o‘rtasidan o‘nlab kilometr masofa bosib, millionlab aholi yashaydigan manzillardan o‘tib ketadi. Hattoki yosh bolalar cho‘miladigan havzalarga ham bir kirib o‘tishi yuqoridagi amaldorlarimiz e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jiddiy mavzu”, — deyiladi xabarda.

 

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oqayotgani, havzasiga, Qibraydagi, qon, suzish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя