Главная » 2020 » Сентябрь » 26 » Qidiruvdagi urganchlik ayol chet elda qo‘lga olindi
22:45

Qidiruvdagi urganchlik ayol chet elda qo‘lga olindi


2020-yil 5-aprel kuni BAAning Ajman shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Z.M. shu davlatning tegishli tashkiloti xodimlari tomonidan ushlanib, 25 sentyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysi orqali mamlakat hududiga olib kelindi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli M.Z. 2017-yili BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun borgan. 2018-yilda Yangiariq tumanida yashovchi 26 yoshli E.G. ismli tanishini BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollagan. Shu sababli unga nisbatan 2018-yil 23-avgust kunidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan qidiruvga berilgan edi.

Hozirda Z.M.ni Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TBga topshirish choralari ko‘rilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qidiruvdagi, Urganchlik, Ayol, chet elda, qo‘lga olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя