Главная » 2018 » Январь » 11 » Qimmatbaho Yangi serial qahramoni Laylo obrazini yaratgan aktrisa Zeyna (Zeina)
17:44

Qimmatbaho Yangi serial qahramoni Laylo obrazini yaratgan aktrisa Zeyna (Zeina)


"Sevimli" telekanalda namoyish etilayotgan "Qimmatbaho" seriali haqida qiziqarli faktlar va ma'lumotlar berishda davom etamiz. Ushbu serialda Laylo obrazini yaratgan aktrisa Zeyna (Zeina) bugungi qiziqarli ma'lumotlarimiz nishonida. Zeyna 1977 yil 4 fevralda Misrda Reda Vesmas hamda Ismoil al Dagvi oilasida dunyoga kelgan. Aktrisa faoliyati davomida bir qancha sovrinlarni qo'lga kiritgan va telekanalimiz tomonidan namoyish etilayotgan "Qimmatbaho" serialida bosh rollardan birini ijro etgan. Yoshiga nisbatn biroz yosh ko'rinuvchi aktrisa karyerasini kliplardagi turli obrazlarni ijro etishdan boshlagan. U taniqli rejissyor Dovud Abdul Saidning e'tiboriga tushgan va ilk rolini uning rejissyorligidagi "Qo'rquv yeri" filmida ijro etgan. Keyinchalik teleko'rsatuvlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, keng ommani jalb qildi. Aktrisa 2005 va 2006 yillarda "Yilning eng yaxshi aktrisasi" nominatsiyasida g'olib deb topilgan. Aktrisaning asl ismi Vesman bo'lib, aktrisalikka qadam qo'ygan onlarida Zeyna taxallusini olgan.

Manba: "tarona.tv"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Qimmatbaho | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя