Главная » 2017 » Июль » 25 » Qimmatga tushgan “Muhabbat”
11:26

Qimmatga tushgan “Muhabbat”


Biron bir ishni boshlash oson kechmaydi. Nemislarda ham “hamma ishning boshlanishi og‘ir” degan maqol bor. Qancha mehnat, mablag‘ va tinimsiz harakat zarur.

Hujjatlarni to‘g‘rilash, ma’lum bir binodagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish Dilshod Yo‘ldoshevga ham oson kechmadi. “Xorazm Yuksak Taraqqiyot” MChJni tashkil qilib, unga rahbarlik qilish mas’uliyatini yanada oshirdi, biroq, bu holat uzoqqa cho‘zilmadi. Qo‘lga kiritilgan yutuq, ya’ni, ishdan olinayotgan daromadlar uning xayolini buzdi. Xo‘jalik mollarini sotish do‘koni, maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari faoliyati ham bir tekis yo‘lga qo‘yildi.

Bora-bora hammasi izga tushdi. Bundan mamnun bo‘lgan D. Yo‘ldoshevning ko‘ngli yana boshqa narsalarni ham tusay boshladi. Bu orada u Intizor Qo‘shshayeva (familiyasi o‘zgartirilgan) ismli qiz bilan tanishib, u bilan ancha payt gaplashib yurdi. Bora-bora munosabatlar ham chuqurlasha bordi. Shu zaylda vaqt ham o‘taverdi.

Intizor, yig‘ib qo‘ygan puling bo‘lsa, menga ber. Bir reja tuzganman. Uni amalga oshirsam, katta daromad ko‘ramiz. Foydaning bir qismi senga tegadi.

Albatta, axir, meni yaqin insonimsan. Ko‘rasan, hademay senga uylanib, birgalikda baxtli yashaymiz!

Xavotir olma, to‘layman! – darhol Intizorning gapini cho‘rt kesdi Dilshod. – nahotki menga ishonmasang? Axir ko‘rib turibsan, tinmay harakat qilpman. Hali hammasini qaytaraman. Oshig‘i bilan!

Hechqisi yo‘q, muhabbatimizning mevasi dunyoga kelishiga qarshi emasman. Rejalashtirigan ishlar bitsin, darrov uyingga sovchi jo‘natib, to‘yni ham o‘tkazamiz.

Ishonch bilan aytilgan bu gaplarga Intizor ishondi. Singlisining nomida bo‘lgan plastik kartochkani ko‘p ztmay qo‘liga tutqazdi.

— Ichida 11 000 000 million so‘mdan oshiq pul bor. Ishlating, lekin aytganingizdek daromadga men ham sherikman.

Bu gaplarga ishongan Intizor uni aldashi mumkinligini xayoliga ham keltirmasdi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tdi. Biroq, puldan ham, foydadan ham darak bo‘lmadi. Buning ustiga singlisining kontrakt to‘lovi ham bor.

Intizor nima qilishini bilmay boshi qotdi. Oxiri yurak betlab, shu haqda gapirdi.

— Singlimning plastigi...

Bu javobdan ko‘ngli taskin topdi. Dilshod ham va’dasida turib, kontrakt pulining ma’lum qismini to‘ladi.

Bekorga shubhalangan ekanman, yaxshiyam bu haqda o‘ziga bildirmagan ekanman, uyalib qolardim, degancha shirin xayollarda yuraverdi.

Dilshodning shirin so‘zlari, qop-qop va’daliri Intizorni es-hushidan ayirib qo‘ygani bois, butun inon-ixtiryorini ham unga topshirganini sezmay qoldi. Xufiyona uchrashuvlar ham o‘z natijasini uzoq kuttirmadi. Intizor ham o‘zida kutilmagan holat yuz berayotganligini sezdi. Bu haqda Dilshodga aytganida, u pinagini buzmadi:

Ammo, o‘sha kundan boshlab, Dilshodning unga bo‘lgan imunosabati o‘zgargan, shirin so‘zlar, navozishlar o‘rnini qo‘pollik, jahl, g‘azab egallagandi. Hatto bo‘lar-bo‘lmasga Intizorga qo‘l ko‘tarishni ham odat qilib oldi. Bu ham yetmagandek, Intizorning gumonasi ham nobud bo‘ldi. Oradan biroz vaqt o‘tib, yana shu holat takrorlandi. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi.

Intizor bunga yigitni asosiy sababchi deb bilardi, chunki tez-tez o‘rtalarida yuz bergan janjallar, yegan kaltaklari, bergan ozorlari ta’sirida bolamdan ayrildim deb o‘ylardi. So‘nggi paytlarda o‘rtalaridagi kelishmovchilik, o‘zaro janjallar soni ortib borardi. Dilshod ham ba’zan do‘konga kelgan mijozlarga qo‘pol muomala qilar, hatto bir gal bu holat katta janjalga aylangandi. Yegan kaltagi kamdek, sochini ham kesib tashlaganligi alam qilgan, buning ustiga homilasidan ajralgan Intizor ichki ishlar bo‘limiga borib, bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan ariza yozib, Dilshodga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘radi.

Ariza asosida holat batafsil o‘rganilib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Aniqlangan dalillar, sud tibbiy ekspertiza xulosalari, shifokorlar, guvohlar ko‘rsatmalari ham inobatga olingan holda jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi tomonidan hukm o‘qilib, sudlanuvchi D. Yo‘ldoshevga nisbatan tegishli tartibda jazo tayinlandi.

Elmurod MATSAPAEV,

Urganch shahar prokurorining o‘rinbosari,

Nargiza Bo‘ronova, Jurnalist


Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: tushgan, Muhabbat, qimmat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя