Главная » 2017 » Август » 21 » Qirg‘iziston Bosh vaziri prezident bo‘lmoqchi
12:28

Qirg‘iziston Bosh vaziri prezident bo‘lmoqchi


Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov oktabr oyida mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun nomzod sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda “novosti.kg” nashri xabar berdi.

Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi rahbari bo‘lgan Bosh vazir ya’ni Jeenbekov iste’foga chiqdi. Endi, mamlakat parlamentining yalpi majlisida hukumatning yangi rahbari saylanadi.

Qirg‘iziston parlamentining navbatdan tashqari sessiyasi 25 avgustda o‘tkazilishi rejalashtirlgan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 2017 yilning 15 oktabr kuniga belgilangan bo‘lib, Qirg‘iziston konstitutsiyasiga ko‘ra prezident bir marta olti yillik muddatga saylanadi.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Ak-Shumkar” partiyasi yetakchisi Temir Sariev va “Respublika” partiyasi yetakchisi, parlament deputati Omurbek Babanovlar nomzodlik guvohnomasiga ega bo‘lganlar. Jeenbekov uchinchi nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. QSDP nomidan ro‘yxatdan o‘tgan Jeenbekov davlat tili imtihonidan 94,6 ball to‘plagan bo‘lib, 50 mingdan ortiq imzo varaqlarini MSKga topshirgan.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bo‘lmoqchi, Bosh vaziri prezident, Qirg‘iziston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя