Главная » 2020 » Март » 27 » Qirq yil qirg‘in kelsa, ajali yetgan o‘ladi. Koronavirusga shunday munosabatda bo‘lish to‘g‘rimi?
19:05

Qirq yil qirg‘in kelsa, ajali yetgan o‘ladi. Koronavirusga shunday munosabatda bo‘lish to‘g‘rimi?


Dunyoning 176 mamlakatini egallab olgan koronavirus O‘zbekistonga kirib kelganiga 12 kun to‘ldi. Mamlakatda ushbu virusga chalinganlar soni tobora ortib borishi, bir kishining vafot etishiga qaramay hamon o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmayotganlar talaygina.

Xalqda qirq yil qirg‘in kelsa, ajali yetgan o‘ladi, degan naql bor. Xo‘sh, koronavirusga nisbatan shunday munosabatda bo‘lish mumkinmi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov kuyunchaklik bilan odamlarni yana bir bor ogohlikka chaqirdi. 

“Kezi kelganda xalqimizga aytmoqchi bo‘lgan gaplarimiz bor. Xalqimiz orasida oddiy gripp ekan, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, niqob taqmasa ham bo‘larmish, bularning hammasi kasallik atrofidagi shov-shuv kabi fikrlar yuribdi. 

Ming afsuski, bu fikrlarni aytayotganlar tibbiyot xodimlari ham bo‘lishi mumkin. Lekin, bir narsani aytib qo‘yaylik. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni koronavirus COVID-19 nimaga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Dunyoning 176 ta davlatida 550 mingga yaqin holatda kasallik qayd etildi. Bu juda katta ko‘rsatkich. Umumiy aholi soniga kichikroq bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin bir kunning o‘zida AQSHda 13 mingdan ko‘p bemor ro‘yxatga olindi va AQSH kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha Xitoydan o‘zib, 86 ming kasallanish bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy, uchinchi o‘rinda esa Italiya. Bu kabi holatlar har birimizni sergak torttirishi kerak. Har birimiz xushyor bo‘lishimiz kerak”, deydi Otabekov. 

Mutaxassis so‘zida davom etarkan, kasallik urchib borayotgan mamlakatlardagi asosiy muammo ogohlikning yo‘qligi va loqaydlik ekanini aytdi.

“Kasallikning nechog‘lik xavfli ekani, tarqalganlik darajasi, yetkazilgan iqtisodiy zarar... Agar bularning hammasini o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, hammasining zamirida beparvolik yotibdi. Agar mana shu beparvolik bo‘lmaganda, Italiya va AQSH bu holatga tushmasdi. Demak biz xushyor tortishimiz kerak. Hanuz bu kasallikni to‘liq davolab yuboradigan dori vositasi yo‘q. Haligacha bu kasallikdan himoya qiladigan vaksina ishlab chiqilgan emas. Kasallikdan keyin sog‘aygan odamlarning kelgusi taqdiri haqida ham to‘liq tasavvurga ega emasmiz. Demak, biz noma’lum asoratlarga olib keladigan, noma’lum qo‘zg‘atuvchining ro‘parasida turibmiz. Har birimiz bunga mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak bo‘ladi”, deydi Nurmat Otabekov. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя