Главная » 2020 » Январь » 23 » Qishda sochingiz sinuvchan bo‘lib qoldimi? Ushbu olti xatolikka yo‘l qo‘ymang
07:39

Qishda sochingiz sinuvchan bo‘lib qoldimi? Ushbu olti xatolikka yo‘l qo‘ymang


Sovuq, quruq qish havosi teri, soch bilan bog‘liq bir qancha muammolarga sabab bo‘ladi. Sovuq yeyish terini quruqlashtirib, ta’sirlanishni chaqirishi mumkin. Natijada ularning namligi yo‘qolib, tez sinuvchan bo‘lib qoladi. Sochlar jilosini saqlash uchun quyidagi oddiy tavsiyalarga amal qilishni tavsiya etiladi...

1.  Ko‘chaga nam soch bilan chiqish
Ko‘chaga ho‘l soch bilan chiqish tavsiya etilmaydi. Bu holatda siz shamollab qolishingiz mumkin. Sochlarni bo‘yash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis, kolorist Jenni Maxonining aytishicha, tashqariga ho‘l sochlar bilan chiqqanda suv krisstallanadi va muzga aylanadi. Bu sochlarni sindirishi mumkin. Ya’ni, soch tolalari muzlab sina boshlaydi.
Bunday bo‘lmaslik uchun sochlarni kechqurun yotishdan avval yuvish kerak. Shunda ular ertalabga yaqin quriydi. Mutaxassis shuningdek, sochlarni yuvishda krem va balzamlardan foydalanishni tavsiya etiladi.

2.   Sochlarni yetarlicha parvarishlamayapsiz
Kosmetolog Eboni Bomanining aytishicha, barcha soch turlari sovuq ob-havoda parvarishga muhtoj. Sochlarni oziqlantiruvchi, namlantiruvchi moylardan foydalanish kerak. Ular sochlarda himoya qoplamini hosil qiladi.

3.  Boshni o‘ta issiq suvda yuvamiz
Juda issiq suv terini quritadi. Issiq suv ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, sovuqroq suvda bosh yuvish ham sochlarni suvsizlanishiga olib keladi va yana tez sinishlarga sabab bo’ladi.

4.    Sochni tez-tez yuvish
Bu holat sochlarni nimjon qilib qo‘yadi, teri qurib ko‘chib tusha boshlaydi. Unda sochni necha marta yuvish kerak, dersiz? Bu soch turiga bog‘liq, tekis sochlar zararlanishga va qurishga moyillik qiladi. Agar sochingiz tekis yoki to‘lqinsimon bo‘lsa, ularni haftada 2-3 marta yuvish kerak. 
Agar soch tolasi qattiq va jingalak bo‘lsa, haftada bir marta yuvish tavsiya etiladi. Boshni me’yordan ortiq ko‘p yuvish teri osti yog‘ bezlarini yanada ko‘proq yog‘ ishlab chiqarishga chorlash demakdir. Shampunni ham ko‘p qo‘shib yuvish shart emas. Bosh terisini aylanma harakatlar bilan massaj qilgancha yuvish, so‘ng ortidan balzam yoki kondisioner surtish tavsiya etiladi (bunda vosita soch yarmidan uchigacha surilishi kerak).

5.  Tarkibida spirti bor vositalardan ko‘p foydalanish
Tarkibida spirt mavjud bo‘lgan vositalardan kamroq foydalangan ma’qul. Soch turmagini saqlashga mo‘ljallangan lak kabi vositalardan kamroq foydalanish kerak.  

6.  Qalpoqlarni noto‘g‘ri tanlash
Qishda qalpoq kiyish issiqlikni saqlashda juda muhim. Noto‘g‘ri tanlangan qalpoq sochlarning yog‘lilik darajasini oshiradi va boshning nafas olishiga to‘sqinlik qiladi. 
Beret deb ataluvchi qalpoqlar yoki quloqlarga taqiluvchi bog‘lamlar sochlarni zararlashi mumkin. Trikotaj yoki kashemirdan tayyorlangan qalpoqlar kiygan ma’qul. Shuningdek, ipak va atlas astarli qalpoqlarda sochlar mato tolalariga yopishib qolmaydi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя