Главная » 2018 » Февраль » 7 » Qishning sovuq kunlarida «Issiq shokolad» ichimligi
20:28

Qishning sovuq kunlarida «Issiq shokolad» ichimligi



Sovuq kunda issiq ichimlikka tobingiz qanday? Issiq shokolad ichimligini tayyorlab, o'zingizni xursand qiling. Uni tayyorlashdagi o'ziga xos sirlarni esa biz ochib beramiz.

Issiq shokoladning foydali tomonlari ko'p. Masalan u kayfiyatni ko'tarib, ish faoliyatini yaxshilaydi, miyani yaxshi ishlashini ta'minlab, xotirani mustahkamlashga yordam beradi.

Retseptning asosi bu shokoladdir, shuning uchun sifatli shokolad sotib olishga harakat qiling. Undagi kakao miqdori 70 % dan kam bo'lmasligi kerak. Ikki osh qoshiq muzdek sutga kraxmal solib aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz. Idish olamiz va unga qolgan sutni solamiz. Asosiysi sut qaynab ketmasligi kerak.

Shokolad qirg'ichning mayda tishchasidan o'tkaziladi. Va shokoladni issiq (qaynoq bo'lmagan) sutga solamiz. Past olovda shokolad butkul eriguncha kovlab turiladi. Shokolad erigandan so'ng unga dolchin tayoqchasi solinadi va o'zgacha ta'm bag'ishlashi uchun biroz tuz, sepiladi. Ustidan kraxmal va sutli aralashma solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma biroz quyuqlashgunigacha taxminan 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi. Tayyor ichimlik idishlarga quyiladi va ta'bga qarab bezatiladi.


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Issiq shokolad | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя