Главная » 2017 » Март » 16 » “Qizaloq va Maymoq” multserialining 17-qismi YouTube’da ikki milliard martadan ko‘proq tomosha qilindi
15:19

“Qizaloq va Maymoq” multserialining 17-qismi YouTube’da ikki milliard martadan ko‘proq tomosha qilindi


“Qizaloq va Maymoq” multfilmining “Qizaloq va bo‘tqa” nomli 17-qismi YouTube tarixidagi ikki milliard martadan ko‘p tomosha qilingan beshinchi video bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Qizaloq va bo‘tqa” YouTube’dagi Get Movies kanaliga 2012-yil 31-yanvarda joylangan. 2017-yil 15-martga kelib multfilm 2 milliard 609 ming 325 marta tomosha qilindi.

Birinchi o‘rinda turadigan «Gangnam Style» 2012-yil iyul oyidan boshlab qariyb 2 milliard 788 million marta tomosha qilingan. Multfilm YouTube’dagi eng ko‘p tomosha qilingan 10 ta video ichida musiqiy klip hisoblanmaydigan yagona video hisoblanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: youtube, Qizaloq va Maymoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя