Главная » 2021 » Июнь » 28 » Qizchaga uyqu dori berib jinoyat sodir etdi
19:52

Qizchaga uyqu dori berib jinoyat sodir etdi


Denov tumanida o‘quvchi qiz qo‘shni qizchaga uyqu dori berib, qulog‘idagi zirakni yechib oldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Denov tumanida 2021 yilning 26 may kuni tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, 25 may kuni soat 09.30 larda, tumanning «Vodiy» mahallasida ijarada yashovchi, tumandagi maktab o‘quvchisi, voyaga yetmagan M.Aziza, ko‘chada o‘ynab yurgan qo‘shnisi, voyaga yetmagan 4 yoshli L.Muharramxonni ko‘rib, uni yashash uyiga olib kiradi.

So‘ng unga 4 dona uyqu tabletkalarini yarim piyola suvga eritib berib, qizchaning uxlab qolganligidan foydalanib, uning qulog‘ida bo‘lgan 1 juft 700.000 (yetti yuz ming) so‘mlik tilla sirg‘alarini yechib oladi.

26 may kuni voyaga yetmagan M.Azizaga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qism bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uyqu dori, jinoyat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя