Главная » 2021 » Июнь » 30 » «Qizil hudud»da kasallik soni birdaniga kamaydi — SSV statistikasi
10:34

«Qizil hudud»da kasallik soni birdaniga kamaydi — SSV statistikasi


2021-yil 29-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110677 (+487) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining:

  • 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 35 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 51 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 60 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 52 nafari Toshkent viloyatida,
  • 89 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborlisi, ancha vaqtdan buyon Toshkent shahrida 100dan ziyod kasallik qayd etilib kelinayotgan edi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 107063 (+647) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 736 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2878 nafar bemor davolanmoqda.

Toshkent shahri avvalroq «qizil hudud» deb e’lon qilingandi. Shunday bo‘lsa-da, bugun yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida bir qator ommaviy tadbirlar o‘tkaziladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kasallik, statistikasi, SSV, kamaydi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя