Главная » 2020 » Июнь » 17 » “Qizil” hududga kiritilgan Toshkent mahallalari nomi e’lon qilindi
21:41

“Qizil” hududga kiritilgan Toshkent mahallalari nomi e’lon qilindi


Avvalroq, epidemiyalogik vaziyat sabab Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmui, Yunusobod dehqon bozori va Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” savdo kompleksi yopilgani haqida ma'lum qilgan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, poytaxtning 71 ta mahallasi epidemiologik nuqtai nazardan “qizil” hududga kiritilgan. 

U yerlarda Koronavirusga qarshi respublika maxsus komissiyasi bayonnomasi bilan belgilangan choralar qo‘llaniladi. Mazkur mahallalarga kirish va chiqish joylari yopiladi va statsionar postlar o‘rnatiladi. Shu joylarda Toshkent shahar IIBB xodimlari, Milliy gvardiya xizmatchilari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xodimlari navbatchilik qiladi. Mahallalar hududlarida sutkalik navbatchilik tashkil qilinadi va qat’iy nazorat o‘rnatiladi. 

Eslatib o‘tamiz, “qizil” hududda yashovchi fuqarolarga uydan faqat oziq-ovqat va dori mahsulotlarini xarid qilish uchun chiqish mumkin. Shu bilan birga, albatta, ularda tibbiy niqob bo‘lishi talab etiladi.

Epidemiologik xavf bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan Toshkent mahallalari (tumanlar bo‘yicha) ro‘yxati:

Mirobod tumani: “Fayzobod”;

Mirzo Ulug‘bek tumani: Habib Abdullayev nomidagi, “Oqqo‘rg‘on”, “Avayxon”, “Yangi Avayxon”, “Sho‘rtepa”;

Yunusobod tumani: “Tiklanish”, “Turkiston”, “Xalqabog‘”, “Iftixor”, “Nurmakon”, “Oqtepa”, “Sharq haqiqati”, “Sobirobod”;

Yashnobod tumani: “Ko‘ksaroy”, “Qo‘yliqobod”, “Go‘zal”, “Mashinasozlar”, “Tong”, “Katta-Qo‘yliq”, “O‘rta Masjid”;

Uchtepa tumani: “Bog‘iston”, “Nishabariq”, “Degrez”, “Taqachi”, “Xayratiy”, “O‘rikzor”, “Ko‘rkamobod”;

Yakkasaroy tumani: “Muqimiy”, “Qushbegi”;

Shayxontohur tumani: “Shodlik”, O. Xujayev nomidagi, “Bog‘ko‘cha”, “Kamolon”, “Chaqar”, “Jangoh”, “Yangi Beltepa”, “Gulobod”, “Zafarobod”, “Eshonguzar”;

Sergeli tumani: “Habibiy”, “Yangi Sergeli”, “Ezgulik”, 8-chi va 9-chi sanoat hududlari;

Olmazor tumani: “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Nihol”, “Yoshlik”, “Chig‘atoy Oqtepa”, “Gulzor”, “Ahil”, “Guruch ariq”, “Islom ota”, “Chuqursoy”, “Sebzor”, “Xonchorbog‘”, “Qushtut”, “Eski shahar”, “Universitet”, Mirzo G‘olib nomidagi, “Alloy”, “Olimpiya”, “Shifokorlar”;

Bektemir tumani: “Binokor”, “Abay”;

Chilonzor tumani: “Qatortol”, “Katta Qozirobod”, “Katta Chilonzor-2”, “Guliston”, “Yakka tut”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi ikki haftada birgina Toshkent shahrida aniqlangan 551 nafar holatdan 482 nafari aholi orasida qayd etilgan. Shundan 57 ta holatda yuqish manbai noma’lum bo‘lib qolayotgani kasallikni yuqtirib olish xavfi yuqori ekanini ko'rsatmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: “Qizil” hududga kiritilgan, nomi e’lon qilindi, Toshkent mahallalari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя