Главная » 2020 » Июнь » 30 » “Qizil” va “sariq” hududlarda ham to‘y o‘tkazishga ruxsat berildi
13:49

“Qizil” va “sariq” hududlarda ham to‘y o‘tkazishga ruxsat berildi


Joriy yilning 30 may kuni O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan faqat “yashil” toifaga kiruvchi hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarini o‘tkazishga ruxsat berilgan edi. Endilik ushbu imkoniyat “qizil” va “sariq” hududlarga ham taqdim etilmoqda. Bu haqda komissiya qarorida qayd etilgan.  

Qarorda qayd etilishicha, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi. 

Bunda marosimlarda faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar qatnashishi belgilangan. 

O‘z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: “Qizil” va “sariq” hududlarda, to‘y o‘tkazishga, ruxsat berildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя