Главная » 2020 » Ноябрь » 30 » Qizining o‘limi uchun Spark ololmayotgan ayol prokuratura avtoturargohida o‘ziga o‘t qo‘ydi
21:24

Qizining o‘limi uchun Spark ololmayotgan ayol prokuratura avtoturargohida o‘ziga o‘t qo‘ydi


Andijon viloyatining Marhamat tumanida o‘z joniga qasd qilgan qizning onasi prokuratura avtoturargohida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 24 iyul kuni soat 23:00 larda Marhamat tumani, “Tosh yo‘li” MFY, “Sadoqat” ko‘chasida yashovchi fuqaro N.M. (1999 y.t.), sevgan yigitini kutib turgan voyaga yetmagan T.M.ni uyali telefoniga rasmga olib, ushbu fotosuratlarni uning ota-onasi va profilaktika inspektoriga ko‘rsatishini aytgan.

Ushbu ma’lumotlar boshqalarga oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, T.M. o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning onasi S.B. olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi bo‘lib, 2020 yil 30 noyabr kuni soat 12:15 larda Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan va viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari F.Rahmonov tomonidan qabul qilingan.

Fuqaro S.B. qabul jarayonida tergovchi tomonidan ularning talablari bajarilmasdan, uning fikricha qizining vafotiga aybdor bo‘lgan N.M.dan yetkazilgan zarar hisobiga Spark avtomashinasi undirilmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari F.Rahmonov qabul jarayonida jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etayotganligi, Spark avtomashinasini undirish tergov organlarining vakolatiga kirmasligini, tergov yakuni bo‘yicha barcha aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini tushuntirgan.

Olingan javobdan qoniqish xosil qilmagan fuqaro S.B. Spark avtomashinasi undirilmagan taqdirda o‘ziga o‘t yoqib, joniga qasd qilishini bildirib, viloyat prokuraturasini tark etgan. Vaziyat keskinlashuvi va boshqa holatlarni oldini olish uchun Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari viloyat prokuraturasiga chaqirilgan.

Shundan so‘ng, shu kuni soat 13:20 larda S.B. viloyat prokuraturasi avtomashinalar turargoxida baqirib, boshqa shaxslarni o‘ziga jalb qilib, turmush o‘rtog‘i X.T.dan 1 litrli plastmassa idishda bo‘lgan benzin va gugurtni olib, o‘zining yelka qismlariga quygan va turmush o‘rtog‘i X.T. tomonidan o‘zini yoqishi va viloyat prokuraturasi binosi ichiga yugurib kirib ketishi haqida ko‘rsatma olganidan so‘ng o‘ziga o‘t qo‘yib yoqib yuborgan.

Shu vaqtda voqealar rivojini kuzatib turgan Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari tomonidan S.B.ning egnida yonayotgan kiyimlari yechib olinib, uning kuyib og‘ir tan jarohati olishi oldi olingan.

Ayni vaqtda S.B.ning yuzi, qo‘llari, bo‘yin va ko‘krak qafasi sohalari jami tanasining 15 foiz qismi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirildi.

Mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ayol, o‘t qo‘ydi, Spark, o‘limi, Prokuratura, avtoturargohida, qizining | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя