Главная » 2020 » Январь » 12 » Qo‘llaringiz nega doim sovuq? Bunga ta’sir qiluvchi 6 ta omil
17:47

Qo‘llaringiz nega doim sovuq? Bunga ta’sir qiluvchi 6 ta omil


Qo‘llaringiz doimiy ravishda muzlasa, bu sog‘liq bilan bog‘liq ba’zi muammolarni bildirishi, ba’zida esa genetik xususiyat bo‘lishi mumkin. Qon aylanishining buzilishi, qalqonsimon bez kasalliklari, buyrak kasalliklari, diabet – bular qo‘llarning sovishiga olib keladi. Keling, har qanday faslda qo‘llarning sovuq bo‘lishi sabablarini batafsil o‘rganib chiqamiz.

1.  Kamqonlik 
Bunda qonda qizil qon tanchalari va gemoglobin yetishmaydi. Natijada organizm to‘qimalariga kislorod yetarli miqdorda bormaydi. Nafaqat qo‘llar, balki oyoqlar ham sovuq bo‘ladi.
Bundan tashqari, kamqonlikda charchoq hissi, zaiflik, nafas yetishmasligi, bosh og‘riqlari, yurak urishining buzilishi, terining oqarib yoki sarg‘ayib ketishi ham kuzatiladi.
B12 vitaminining yetishmasligi va temir taqchilligi kamqonlik va qo‘llar sovuqligining sababi bo‘lishi mumkin. Kamqonlikning ba’zi ko‘rinishlari maxsus oziqlanish orqali davolanadi. Ammo har doim davolovchi vrach bilan maslahatlashish va analiz topshirish lozim.

2. Diabet 

2-tipdagi diabet kamqonlik, buyraklarda va qon aylanishida muammolar paydo qilishi mumkin, bularning bari qo‘llar sovishiga sabab bo‘ladi.
Diabetli odamlarda periferik nevrapatiya (periferik nervlarning zararlanishi) singari xavfli kasalliklar ham yuz berishi mumkin. Bu kasallikning ogohlantiruvchi belgisi nafaqat sovuqlik, balki qo‘l-oyoqlarning uvushib qolishi, achishishi, sanchishi hamdir.
Yuqorida aytganimizdek, diabet va qon bosimining balandligi ko‘pincha buyraklarning kasallanishiga olib keladi. Buyraklarda filtrlanishi kerak bo‘lgan qondagi chiqindilar xavfli darajachagacha yig‘ilib qolishi mumkin, natijada butun tana harorati pasayishi yuz beradi. 

3.  Periferik arteriyalar kasalligi 
Bu kasallik qon aylanishining keng tarqalgan muammolaridan biridir, bunda arteriyalar torayadi (ateroskleroz) va oyoq-qo‘llarga qon kelishi kamayadi. Bundan tashqari, oyoq va qo‘llaringizni harakatlantirganda og‘riq sezishingiz mumkin.

4.  Reyno kasalligi
Bu kasallik odatda sovuq joylarda yuzaga keladi va oyoq-qo‘llarning barmoqlari, quloq va burunning qon tomirlari torayadi. Natijada tananing bu qismlari ko‘karadi yoki juda oqarib ketadi. Shuningdek, tomir tortishishi, og‘riq va uvushishlar yuz berishi mumkin. 
Reyno sovuq suvda xuruj qilishi mumkin. Shuningdek, sovuq predmetni ushlaganda, sovuq havoda yoki kuchli stress ta’sirida ham.

5. Dori qabul qilgandan keyingi asoratlar 
Ba’zi dorilar bosh aylanishi, charchoq, ko‘ngil aynishi, qo‘l-oyoqlarning sovishi kabi yondosh ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, yurak kasalligida ishlatiladigan beta-adrenoblokatorlar. Ular yurak urishini sekinlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi va yurakni adrenalinning uzoq muddatli ta’siridan himoya qiladi. Kalsiy kanallari blokatorlari ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. 

6.  Uyqu kamligi 

почему холодные руки

Ba’zi amerikalik tadqiqotchilar qo‘llar sovuqligi sababini odamning yomon uyqusidan deb topishdi. Doimiy ravishda oz uxlaydiganlar umumiy charchoq va holsizlikdan tashqari, qo‘llari va oyoqlari sovuqligini his qilishadi. Buning sababi, uyqusizlik issiqlik uchun mas’ul bo‘lgan asab tizimiga va miyadagi boshqaruv mexanizmlariga ta’sir qiladi. Gipotalamusda faollikning pasayishi tufayli tanadagi metabolizmning buzilishi yuzaga keladi. Natijada qon aylanishi yomonlashadi va tana harorati pasayadi.

7.  Ko‘p o‘tirishdan iborat hayot tarzi 
Mushaklar kengayganda va qisqarganda issiqlik hosil qiladi. Ular qanchalik ko‘p faol bo‘lsa, tana haroratiga ta’siri shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun har qanday muntazam jismoniy mashqlar bosimingizni, qon aylanishini, metabolizmni normallashtirishga yordam beradi va sovuq qo‘llaringizni isitadi. Uzoq vaqt o‘tirish mutlaqo teskari ta’sirga ega.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя