Главная » 2021 » Февраль » 25 » Qo‘shnisining yuragidan taom tayyorlagan qotil 3 yilda ozodlikka chiqdi
18:33

Qo‘shnisining yuragidan taom tayyorlagan qotil 3 yilda ozodlikka chiqdi


Amerikaning Oklaxoma shtatida uch kishining qotilligida gumon qilingan Lourens Pol Anderson qo‘shnisini o‘ldirib, ovqat pishirish uchun yuragini sug‘urib olganini tan oldi. Bu haqda shtat tergov byurosiga asoslanib «Oklahoman» gazetasi xabar berdi.

Anderson qo‘shnisi, shuningdek, amakisi va to‘rt yoshli qizchasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Gazetaning xabar berishicha, ayblanuvchi o‘z xolasiga ham pichoq bilan jarohat yetkazgan. Lekin ayol tirik qolgan.

«U jinlarni haydash maqsadida oilasiga odam yuragi va kartoshkadan taom tayyorlab bergan», — deydi Oklaxoma shtati tergov byurosi agenti.

Gazetaning yozishicha, Lourens 2017 yilda giyohvand moddalarni iste’mol qilganligi hamda qurolga noqonuniy egalik qilgani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik muddat 9 yilgacha qisqartirilgan, ammo Lourens 3 yildan keyin ozod qilingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qotil, ozodlikka, yuragidan, Taom | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя