Главная » 2020 » Январь » 20 » Qodirov Prezidentlikdan ketishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi
21:17

Qodirov Prezidentlikdan ketishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining boshqa yuqoriroq lavozimga tayinlanishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Menda respublika tashqarisida ishlash va respublikani tark etishga qiziqish hech qachon bo‘lmagan. Menga boshqa lavozim ham taklif qilishmagan. Men kareramni o‘z respublikamda tugatmoqchiman, hech qayerga ketmoqchi emasman”, degan Qodirov joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida.

U shuningdek, har qanday amaldor bir ikki kun televideniyeda ko‘rinmay qolsa, darrov mish-mishlar boshlanishini ta’kidlab o‘tdi. Qodirov mish-mishlar tarqatmay, Vatan uchun mehnat qilishga chaqirdi.

Eslatib o'tamiz: Ramzan Qodirov “vaqtincha mehnatga layoqatsiz” bo‘lgani uchun vakolatini vaqtincha Muslim Xuchiyevga topshirgandi. O‘zi esa davolanish kursidan o‘tishi ma’lum qilingandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя